Meni shu holga keltirganingiz uchun kechirim so‘rashingiz kerak – Saakashvili 

Olam

image

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisi shahar sudining 2007 yildagi mitingni tarqatib yuborish bo‘yicha ishi yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisida videoaloqa orqali ishtirok etdi. Bu haqda “Mtavari” telekanali xabar berdi.

“Men parlament spikeri deb atalmish shaxsga aytmoqchiman: meni shunday holatga keltirganingiz uchun kechirim so‘rashingiz kerak. Yevroparlament deputatlaridan, mening oilamdan, mendan, Ukraina davlatidan va barcha gruzinlardan kechirim so‘rashingiz kerak. Parlament raisi Shalva Papuashvili, menga diqqat bilan qarang”, deydi Saakashvili.

U Gruziya ichidagi va tashqarisidagi siyosatchilarni Saakashvilining sog‘lig‘i haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun uzr so‘rashga chaqirgan hamda Yevroparlamentni o‘z rezolyutsiyalari, jumladan, sobiq prezidentga tegishli qarorni taqdim etish talabi tufayli yolg‘on gapirishda ayblagan Papuashvilining bayonotiga shunday munosabat bildirgan.

Shuningdek, Saakashvili videoaloqada jismoniy holatini ko‘rsatish uchun ko‘ylagini ko‘tarib, u jismonan zaif bo‘lsada, ruhan juda kuchliligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqda bir nechta kasalliklar tufayli ahvoli og‘irlashganini aytib, xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘ragandi. U qamoqda 20 dan ortiq jiddiy kasalliklar bilan og‘rigan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Mixail Saakashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing