“Meni haqorat qilishni to‘xtating!” – Elmira Bositxonova

Jamiyat

image

Toshkent shahar IIBB hamda Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligidagi jinoyatga moyil ayollarning 23 ta toifasi tuzilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur ro‘yxat ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozarani keltirib chiqardi. E’tiroz bildirayotganlar, o‘zini tahqirlangan deb baholayotganlar orasida nogiron, ajrashgan, bolasini yolg‘iz katta qilayotgan, boquvchisini yo‘qotgan ayollar, Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi xotin-qizlar, uzoq muddatga mamlakatdan chiqib ketganlar talaygina.

Ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklar ortidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova moyil ayollarning 23 ta toifa tuzilishi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

“O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida xotin-qizlarni tasniflaydigan, toifaga ajratadigan ro‘yxatni shakllantirishga qat’iyan qarshiman.

Bugun internet tarmog‘ida shov-shuvga aylangan “xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati” tuzilishiga mening hech qanday aloqam yo‘q.

Jurnalistlar, blogerlar hamda internet foydalanuvchilaridan mening sha’nimga aytilayotgan haqoratlarni to‘xtatishlarini so‘rab qolaman”, deydi Bositxonova murojaatida.


Maqola muallifi

Teglar

Xotin-qizlar qo'mitasi Elmira Bositxonova

Baholaganlar

507

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing