“Menga qolsa, uyini sotib, yo‘q bo‘lib ketmaydimi?” Ro‘ziboyev onlayn qimor o‘ynaydiganlarga keskin javob qaytardi
Sport
−
20 may
12816Avvalroq, o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev O‘zbekistonga qaytib kelgani xabar qilingandi.
Sportchi QALAMPIR.UZ'ga jangiga pul tikib, uy va mashinalarini yutqazib qo‘ygan odamlar haqida tanqidiy ruhda fikr bildirdi.
“Agar menga pul tikkanlar yutqazgan bo‘lsa, men ham yutqazganimdan xursandman. Hech qachon ataylab yutqazmaganman, mag‘lubiyatimning sababini o‘zimdan ko‘rdim. Onlayn qimor o‘ynaydiganlar menga yana pul tiksa va men yana mag‘lub bo‘lsam, yutqazganimdan mamnun bo‘laman. Menga qolsa, uyini sotib, yo‘q bo‘lib ketmaydimi? Men doim bunaqa o‘yinlardan yiroq bo‘linglar, deb aytganman”, deydi Ro‘ziboyev.
Ma’lum bo‘lishicha, Ro‘ziboyevga oxirgi jangdan keyin ko‘plab odamlar unga pul tikib, sportchining g‘alabasi uchun uy va mashinasini sotganini va yutqazganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ro‘ziboyev oxirgi jangidan qancha daromad qilgani xabar qilingandi.