“Mendan uzoqroq turing”. Tramp NATO yordamidan voz kechdi

Olam

image

Kecha, 17 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp NATO yordamidan voz kechganini aytib, alyansni “qog‘oz yo‘lbarslar”, deb atadi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Prezident Tramp NATO unga yordam taklif qilganini ta’kidlagan. 

“Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat hal bo‘lganidan keyin, NATOdan menga qo‘ng‘iroq bo‘ldi va yordam kerakmi, deb so‘raldi. Men ularga uzoqroq turishni aytdim. Agar ular shunchaki o‘z kemalarini neft bilan to‘ldirib olmoqchi bo‘lishmasa, albatta. Yordam kerak bo‘lganida ular foydasiz bo‘lib chiqdi – qog‘oz yo‘lbarslar!”, degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, kecha Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Hormuz bo‘g‘ozi tijorat kemalari uchun ochilganini ma’lum qilgan edi. AQSH Prezidenti Donald Tramp esa buning uchun Eronga minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, Tramp NATO ittifoqchilarini Eron bilan urushda yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamaganlikda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Eron Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing