Tramp NATOni xiyonatda aybladi va Grenlandiya mavzusini yana ko‘tardi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp NATO ittifoqchilarini Eron bilan urushda yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamaganlikda ayblab, yana Grenlandiya masalasini ko‘tardi. Bu haqda u Truth Social tarmog‘ida post yozib qoldirdi.

Uning aytishicha, NATO AQSHga zarur paytda yordam bermagan.

“NATO bizga kerak bo‘lgan paytda yonimizda bo‘lmadi va yana kerak bo‘lsa ham bo‘lmaydi”, degan Tramp.

U, shuningdek, Grenlandiyani “katta va yomon boshqarilayotgan muz bo‘lagi” deb atab, ittifoqchilarga bu masalani “eslab qo‘yish”ni tavsiya qilgan.

Arktikadagi strategik orol Grenlandiya NATO a’zosi Denmark hududi hisoblanadi. Tramp yil boshida uni AQSH tarkibiga qo‘shish niyatini bildirgan, hatto zarurat tug‘ilsa kuch ishlatish ehtimolini ham istisno qilmagan.

Biroq Daniya va Grenlandiya hukumati bu g‘oyani qat’iyan rad etgan. Kopengagen bunday harakat NATO uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishini ogohlantirgan.

Shuningdek, Tramp NATO ittifoqchilarini Hormuz xavfsizligini ta’minlashda ham faol bo‘lmaganlikda tanqid qilgan.

Ma’lumki, Eron mart oyida AQSH va Isroil zarbalariga javoban bo‘g‘ozni yopgan, oqibatda Fors ko‘rfazidan neft va gaz tashish deyarli to‘xtagan va jahonda neft narxlari keskin oshgan. Keyinchalik sulh ortidan Tehron uni vaqtincha ochishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Donald Tramp NATOdan chiqish masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. Trampga ko‘ra, NATO davlatlari Eron bilan urushda AQSHni qo‘llab-quvvatlamagan. U alyansni “qog‘oz yo‘lbarslar” deb atab, hatto Vladimir Putin ham buni bilishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Donal'd Tramp Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing