Hormuz ochildi. Tramp Eronga minnatdorlik bildirdi

Olam

image

Eron Hormuz bo‘g‘ozi Isroil va Livan o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi jarayoni davomida barcha tijoriy kemalar uchun to‘liq ochiq bo‘lishini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Aroqchi bayonotida Livan bilan tinchlik sulhiga muvofiq, ilgari belgilangan yo‘nalish orqali Hormuz bo‘g‘ozi orqali tijoriy kemalar o‘tishiga ruxsat berilganini e’lon qilgan. Uning ta’kidlashicha, bu qaror faqat tinchlik sulhi muddati davomida amal qiladi.

Xabar e’lon qilingach, jahon bozorida Brent nefti narxi keskin tushib, taxminan 8,7 foizga arzonlashdi va 90 dollar atrofida narx qayd etilgan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp ham ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Eronning bu qarorini olqishlab, Hormuz bo‘g‘ozi ochilgani uchun minnatdorlik bildirgan. U o‘z postida bo‘g‘oz nomini “Eron bo‘g‘ozi” deya noto‘g‘ri yozgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan yetakchilari o‘rtasida 10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi. Mazkur sulh 17 aprel kuni tun yarmidan boshlab amal qila boshlagan.

Shunga qaramay, Isroil sulhning ilk soatlarida janubiy Livandagi bir nechta shaharlarni o‘qqa tutdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Abbos Aroqchi Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing