Men YeOIIga qo‘shilish tarafdoriman – Ilhom Ne’matov
Jamiyat
−
26 dekabr 2019
6537O‘zbekistonga YeOIIga kirish foydaliroq bo‘lgan bo‘lardi, hozir bu masala faol muhokama qilinmoqda. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ma’lum qilgan.
“Hozir bu masala juda sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda. O‘rganishlar keyin taroziga solib ko‘riladi va, tabiiy, qaror qabul qilinadi”, deydi Ilhom Ne’matov.
“O‘zbekistonning iqtisodiyoti, sanoati, qishloq xo‘jaligi o‘smoqda. Eksport hajmi oshmoqda. Bizga bozor, maydon kerak. Bu maydon qayerda? Bu maydon Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘izistonda va ular YeOII a’ozlaridir. Shuning uchun to‘g‘risini aytaman – men ishtirok etish tarafdoriman. Faqatgina iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda... Yana bir ahamiyatga ega bo‘lgan omil – demografiya. Aholi o‘smoqda, yiliga 700 ming kishiga ko‘paymoqda. Tabiiy, biz 700 mingni proporsional ish bilan ta’minlay olmaymiz. Bu nimaga olib keladi? Migratsiyaga. Xalqimiz qayerga migratsiya qiladi? Rossiyaga, Qozog‘istonga. Ushbu omil ham O‘zbekistonning YeOII bilan yaqin aloqalarni saqlashini belgilaydi. U yerda a’zolar (mamlakatlar) uchun, migrantlar uchun boshqa sharoitlar bor. Shu bois men ushbu sharoitlardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishimiz lozim deb hisoblayman”, deb qayd etdi u.
Ne’matovning taxminlariga ko‘ra, bu boradagi muzokaralar yaqin kunlarda yakunlanishi mumkin.
“Hozir, fikrimcha, (masala) tezlashtirilmoqda. Yaqinda, dekabr boshida Siluanov jamoasi Samarqandda bo‘lgan edi. Demak, muzokaralar olib borilmoqda. Ehtimol, tez orada yakunlanadi. O‘ylaymanki, yaqin kunlarda yakunlashadi”, deydi Ne’matov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 dekabr kuni ossiya Federatsiyasi Hukumat raisi o‘rinbosari – Moliya vaziri Anton Siluanov Samarqandga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan muzokara o‘tkazgan edi.
LiveBarchasi