Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshqa ishga o‘tadi
Jamiyat
−
19 dekabr 2020
76552021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibining o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ilhomjon Ne’matov Namangan viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatik akademiyani tugatgan.
1992 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U tizimda Konsullik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. Turli yillarda O‘zbekistonning Hindiston, Rossiya, AQSHdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi yuqori diplomatik martabasiga ega.
Ilhomjon Ne’matov MDH Ijroiya qo‘mitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirishi kutilmoqda.
LiveBarchasi