Ilhom Ne’matov TIVda qoldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ilhom To‘ychiyevich Ne’matov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 25 fevral kuni imzolagan farmoni bilan ushbu lavozimga yangi rahbar tayinlandi. Farmon bilan bugungacha O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat olib borgan Farhod Arziyev O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. 

Ilhom Ne’matov esa Tashqi ishlar vazirligidagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Prezident farmoniga binoan u birinchi o‘rinbosarlikdan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarligiga tushirildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Ne'matov Farhod Arziev

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing