Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Jamiyat
−
29 dekabr 2021
15427Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq, Farhod Arziyev vakant bo‘lib turgan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimiga tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Farhod Arziyev 1975 yil 5 oktyabr kuni Samarqand viloyati (hozirgi Navoiy viloyati) Nurota tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent davlat universitetini, 2000 yilda Buyuk Britaniyaning London “City” universitetini tamomlagan. 2011 yilda AQSHning Kentukki universitetining Patterson nomidagi Diplomatiya va xalqaro savdo maktabini tamomlagan. Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.
U 2017-2020 – O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi (qarorgohi Dehli shahrida) Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yil 25 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi