Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari elchi bo‘lishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonning Xitoydagi yangi elchisi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Ma’luomotlarga ko‘ra, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev vakant bo‘lib turgan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimiga tayinlanadi. Xitoy TIV Farhod Arziyev nomzodiga agreman (rozilik) bergan.

Yanvar oyida Farhod Arziyev “Osmon osti mamlakati”ning poytaxti — Pekinga jo‘nab ketishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Xitoydagi sobiq elchisi Baxtiyor Saidov noyabr oyida Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangandi.

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga kim tayinlanishi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Farhod Arziev

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing