Men uchun terma jamoa har doim birinchi o‘rinda turadi – Kapadze

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Timur Kapadze Qatardagi yig‘in doirasida intervyu berdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kapadze terma jamoadagi yig‘inga yetib borgani, Katanetsning kutilmaganda ishdan ketgani va rahbariyat tomonidan qo‘yilgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

“Albatta, Katanetsga sog‘lik tilaymiz. Uning jamoani oxirigacha olib borishi tarafdori edik. Kecha nomzodimni murabbiy sifatida rahbariyat tasdiqladi. Milliy terma jamoa menga notanish emas. Bu jamoa libosida bir qancha o‘yinlarni o‘tkazganman, murabbiylar shtabida ham faoliyat olib borganman. Terma jamoa men uchun har doim birinchi o‘rinda turgan. Bizga vazifa berildi va biz buni bajarishimiz kerak. Yig‘inning birinchi kunidanoq jamoaga kirishib keta oldim. Yangi futbolchilarni ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘ldik”, deydi Kapadze.

Shuningdek, murabbiy milliy terma jamoaning navbatdagi kutib turgan o‘yinlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Buyog‘iga bizni qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Ayniqsa, mart oyida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar. Asosiysi futbolchilar ushbu o‘yinlarga, tashkil etiladigan yig‘inlarga sog‘-omon yetib kelsin. Oldimizga Jahon chempionatiga chiqishdek yuksak vazifa qo‘yildi va biz buni qo‘limizdan kelgancha ado qilishga harakat qilamiz”, deydi Kapadze.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 yanvar kuni Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Timur Kapadze milliy terma jamoa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing