“Men qahramon emasman”. Teraktda 15 yoshli o‘smir yuzdan ortiq odamni qutqarib qoldi

Olam

photo_2024-03-24_15-27-34

Moskvadagi “Krokus Siti Holl” savdo markazida terakt sodir etilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda bir o‘smirning ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolgani aks etgan videolar tarqaldi. Bu qahramon asli qirg‘izistonlik 15 yoshli Islom ismli bola bo‘lib chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u savdo markazida garderob xizmatchisi bo‘lib ishlagan. O‘sha kuni 15 yoshli maktab o‘quvchisi Islom Xalilov yuzdan ortiq odamga binodan ko‘chaga chiqish yo‘lini ko‘rsatib, qutqarib qoldi.

Hujum boshlanganda u baland tovushlarni eshitgan va dastlab buni u doimgi konsertlardagi shovqin deb o‘ylagan. Odamlar zinapoyadan yugura boshlaganlarida Xalilov nimadir noto‘g‘ri ekanini tushungan.

“Agar men javob bermasam, o‘z hayotim va ko‘plab odamlarning hayotini yo‘qotishimni tushundim. Rostini aytsam, bu juda qo‘rqinchli edi. Men olomon orasida eshikni ochish uchun yugurganimda, hujumchilar zinapoyadan yoki eskalatordan chiqishlari mumkin, deb o‘yladim, bilmayman, ular granata otishardi yoki o‘limga olib keladigan o‘t ochishardi. Xudoga shukur, hech narsa sodir bo‘lmadi, men o‘z vaqtida eshikni ochib, hammani “Ekspo” tomon qo‘yib yuborishga muvaffaq bo‘ldim”, deydi u holatni tasvirlab.

Xalilovning tushuntirishicha, xodim sifatida unga favqulodda vaziyatda qanday harakat qilish kerakligi ko‘rsatma berilgan, shuning uchun u odamlarni himoya qilish uchun qayerga olib borishni bilgan. Uning o‘zi hech kimni ortda qoldirmaganini bilish uchun eng oxiri bo‘lib chiqqan.

“Ruptly” nashriga bergan intervyusida Xalilov o‘zini qahramondek his qilmasligini aytgan.

“Bu mening ishimning bir qismi edi. Yuz odamning o‘limiga yo‘l qo‘ygandan ko‘ra, o‘zingni qurbon qilganing yaxshi", deydi o‘smir.

Shuningdek, Islom Xalilovga garderobda ishlagan yana uch o‘smir – 14 yoshli Artyom Donskov, Nikita Ivanov va yana bir Artyom ismli bola yordam bergan.

Islomning qahramonligidan so‘ng Moskvaning “Spartak” futbol klubi o‘smirni futbolchilar bilan uchrashuvga taklif qilib, uy uchrashuvlari uchun abonement sovg‘a qilgan.

Reper Alisher Morgenshtern esa o‘smirga million rubl yuborgan.

“Men Morgenshterndan juda minnatdorman, chin dildan juda xursandman, uning yordami bilan hayotim qandaydir yengillashadi”, deydi Islom Xalilovning o‘zi.

Xalilov, shuningdek, Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan “Xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, uning otasi Suzoqdan bo‘lib, onasi esa o‘zganlik bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Terakt Islom Xalilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made