Men Gruziya Prezidenti va oliy bosh qo‘mondoni bo‘lib qolaman – Zurabishvili

Olam

image

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili 6 yil oldin qasamyod qilgan yurtga, konstitutsiyaga sodiq ekanini aytdi. Bu haqda u 22 dekabr kuni davlat rahbari qarorgohi yaqinidagi Orbeliani maydonidagi Yangi yil qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan mitingda aytib o‘tdi.

“Men Gruziya armiyasiga va bugun bu yerga kelgan faxriylarga sodiq qolaman. Gruziya armiyasini yaratgan, jihozlagan va mustahkamlagan sheriklarga sodiq bo‘lgan Gruziyani himoya qiluvchi armiya. Men uning oliy qo‘mondoniman va shunday bo‘lib qolaman. Men bu yerda turgan bu odamlarga sodiqman va shunday bo‘lib qolaman, lekin faqat bu yerda turgan odamlarga emas; hech kim meni hammaning Prezidenti emas deb o‘ylamasin – men shundayman va shunday bo‘lib qolaman”, dedi u.

Zurabishvilining ushbu mitingda nutqi paytida uning mikrofonidan ovoz yo‘qolib qolgan. Shu munosabat bilan u bugun, 23 dekabr kuni Prezident saroyidan gruzin xalqiga to‘liq murojaatini yozib olishga va’da bergan.

Shuningdek, Salome Zurabishvili yangi parlament saylovlari talabini takrorladi. U Gruziyada oktyabr oxirida bo‘lib o‘tgan va rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasiga g‘alaba keltirgan saylovlarni qonuniy deb hisoblamaydi. Siyosatchi 22 dekabrdagi mitingda ta’kidlashicha, yangi saylovlar uchun ovoz berish sanasi bir hafta ichida – 29 dekabrgacha belgilanishi kerak.

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze esa Prezident Salome Zurabishvilini yangi parlament saylovlarini tayinlashdan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uning uchun jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Kobaxidzening aytishicha, Zurabishvili muxolifat va nohukumat tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan, unda yangi parlament saylovlari tayinlanishi mumkinligi muhokama qilingan.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, Gruziyada parlament saylovlari amaldagi qonunchilikka ko‘ra uchta holatda tayinlanadi: Markaziy saylov komissiyasi yoki Konstitutsiyaviy sud avvalgi saylovlar natijalarini bekor qilganda, to‘rt yillik muddat tugashi bilan va parlament hukumatga ishonch bildirmasa.

Shuningdek, Gruziya Bosh vaziri Prezident Salome Zurabishvilini vakolat muddati tugaydigan 29 dekabr kuni lavozimini tark etishdan bosh tortsa, qamoq bilan tahdid qilgan.

“Zurabishvilining lavozimida bir hafta ham qolmagan. To‘g‘ri, ba’zi yevropalik siyosatchilar va amaldorlar 29 dekabrgacha ko‘p narsa bo‘lishi mumkin, deyishadi, lekin sizni ishontirib aytamanki, ko‘p narsa bo‘lmaydi. 29-kuni siz postingizni tark etishingiz kerak bo‘ladi”, dedi Kobaxidze.

Ayni vaqtda Salome Zurabishvili “Gruziya orzusi”ning asoschisi va faxriy raisi Bidzina Ivanishvili bilan yangi parlament saylovlarini muhokama qilish uchun uchrashishga tayyorligini bildirgan.

“Shaxsan men u xohlasa uchrashishga tayyorman. Bilaman, xorijdan ko‘pchilik kelib, unga bosim o‘tkazishga tayyor bo‘ladi. Yangi saylovlarni chaqirish va ularni zudlik bilan o‘tkazilishi kerak”, degan Zurabishvili.

29 dekabr kuni Salome Zurabishvilining Gruziya Prezidenti sifatidagi vakolatlari tugaydi va uning vorisi, to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish natijasida emas, saylovchilar kollegiyasi qarori bilan davlat rahbari etib tayinlangan sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili inauguratsiya qilinishi kerak.

Gruziyadagi siyosiy inqiroz

26 oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilganidek, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi 54% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Muxolifat ovoz berishning rasmiy natijalarini qabul qilishdan bosh tortdi va ko‘plab qonunbuzarliklarni bahona qilib, norozilik namoyishlariga chaqirdi. Politsiya bir necha bor namoyishchilarni tarqatib yubordi.

28 noyabr kuni Bosh vazir Irakliy Kobaxidze 2028 yilgacha Gruziyaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralardan bosh tortishini ma’lum qildi. Shundan keyin noroziliklar yanada kengaydi. Yevropa Ittifoqi va AQSH hukmron partiyaning qarorini qoralab, Gruziya bilan hamkorlikni keskin qisqartirdi.

Muxolifat Yevropa Ittifoqini “Gruziya orzusi” hukumatining qonuniyligini tan olmaslikka chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Salome Zurabishvili Irakliy Kobaxidze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing