Melaniyaning Oq uydagi so‘nggi yili: Birinchi xonim qarorgohni Rojdestvoga tayyorladi

Olam

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp Rojdestvo bayrami uchun Oq uyni "Amerika go‘zal" shiori ostida bezatdi. 

Bu yilgi an’anaviy uslubdagi bayramona dekoratsiya birinchi xonimning avvalgi dizaynlari bilan taqqoslaganda, “chiroyli” va “hayratlanarli darajada normal” deb nomlangan. Bu haqda "The Guardian" yozgan

2020 yil uchun qo‘lda ishlangan qizil va oltin rangdagi bezaklari bo‘lgan “juda normal” archa tanlangan.

132 xonali Oq uyni bezatish ishlari uchun 125 nafar ko‘ngilli jalb etilgan. Bezatish ishlarida 62 ta daraxt, 106 ta gulchambar, 366 metrdan ziyod gul marjonlari, 3,2 mingdan ortiq porlab turadigan iplar va 17 mingta bantdan foydalanilgan.

Melaniyaning so‘zlariga ko‘ra, u bu yilgi mavzuni tanlashda amerikali klarning fikrini inobatga olgan. 

Ma’lumot o‘rnida, oldingi yillarda mamlakat aholisi Rojdestvo dizaynidan norozi bo‘lishgan. Ular qip-qizil archa daraxtlarini masxara qilib, ularni mashina yuvishda ishlatiladigan cho‘tkalar bilan taqqoslashgan. Amerikaliklar oq archalarni ham yoqtirishmagandi. 

Har yili AQSH Prezidenti rafiqalarining Oq uyni Rojdestvoga bezatishi alohida voqelik sifatida qabul qilib kelinadi. O‘tgan yili Melaniya Tramp Oq uyni haqiqatan oqlikka burkagandi. Undan oldingi yilda esa bezaklardan tortib, archalar ham qizil tus olgandi.

Avvalroq, mamlakat birinchi xonimi turmush o‘rtog‘i davrida Oq uyda o‘tkazadigan so‘nggi Rojdestvosi uchun keltirilgan archalarni qabul qilib olgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Rojdestvo Melaniya Tramp

Baholaganlar

81

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing