Charlz III 19 yildan so‘ng AQSHga bordi (video)

Olam

image

Kecha, 27 aprel kuni Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III va uning rafiqasi Qirolicha Kamilla rasmiy tashrif bilan AQSHga bordi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ularni AQSH Prezidenti Donald Tramp va mamlakat birinchi xonimi Melaniya Tramp Oq uyda kutib olgan.

Bugun, 28 aprel kuni Charlz III AQSH Kongressining har ikki palatasi oldida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Bu Britaniya monarxining AQSH parlamentida tarixda ikkinchi bor nutq so‘zlashi bo‘ladi. Bundan oldin, 1991 yilda Elizabet II Kongressda nutq qilgan edi.

Shundan so‘ng Buyuk Britaniya Qiroli va Qirolichasi Nyu-Yorkka borib, 2001 yil 11 sentyabr teraktlari qurbonlarining xotirasiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, Britaniya monarxining AQSHga hozirgi tashrifi 2007 yildan beri birinchi marta amalga oshirilmoqda.
Bu tashrif AQSH va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarda jiddiy inqiroz kuzatilayotgan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda. Bu, jumladan, Trampning Yevropaga nisbatan olib borayotgan tashqi siyosati bilan bog‘liq.

AQSH Prezidenti esa, qirolning tashrifi shubhasiz ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiya okrugi (Vashington) rasmiylari qirol Charlz III ning AQSHga tashrifi oldidan Oq uy yaqinida Britaniya bayroqlari o‘rniga yanglishib bir nechta Avstraliya bayroqlarini osib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Donal'd Tramp Melaniya Tramp Charl'z III AQShga bordi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing