Meksika Prezidenti o‘ziga tegajog‘lik qilgan erkakni sudga berdi
Olam
−
11 noyabr 2025 5968 1 daqiqa
Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum jonli efir davomida mast holatda unga tegajog‘lik qilgan erkakka qarshi sudga da’vo arizasi topshirdi. Sheynbaum bu voqeani barcha ayollarga qilingan tajovuz deb hisoblamoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, Klaudiya Sheynbaum jonli efir vaqtida mast holda unga tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan ayblov bilan chiqqan. Siyosatchi bu voqeani “barcha ayollarga qarshi tajovuz” deb atagan.
“Men sudga murojaat qildim, chunki bu holat menga ayol sifatida taalluqlidir, xuddi mamlakatimizdagi barcha ayollarga taalluqli bo‘lgani kabi. Hech kim bizning chegaralarimizni buzishga haqli emas”, deydi u.
Sheynbaum bu hodisa u ilk bor duch kelgan tegajog‘lik holati emasligini qayd etgan. U o‘z siyosiy faoliyati davomida o‘tmishda duch kelgan shunga o‘xshash holatlarni ochiqchasiga bayon qilib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, hodisa mast holatdagi erkak Klaudiya Sheynbaumga Mexiko shahri aholisi bilan muloqot qilayotgan paytda yaqinlashganida yuz bergandi. Videolavhada erkakning oyog‘ida zo‘rg‘a turgan holatda mamlakat rahbariga orqadan yaqinlashgani va nafaqat unga tegmoqchi, balki o‘pmoqchi bo‘lgani ko‘rinadi. Prezident esa o‘zini yo‘qotmasdan, muloyimlik bilan uning qo‘llarini chetga surgan, shundan so‘ng erkakni xavfsizlik xodimlari chetga olib ketgan.
Live
Barchasi