16 yashar qizga tegajog‘lik qilgan robot musodara qilindi
Texnologiya
−
09:29 1735 1 daqiqa
Germaniyaning Kyoln shahrida robot 16 yoshli qizga teginib, unga nisbatan nomaqbul harakatlar qildi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 11 oktyabrga o‘tar kechasi, yarim tunda shaharning markazidagi ovqatlanish shoxobchasi oldida sodir bo‘lgan. Qiz o‘sha vaqtda 17 va 18 yoshli dugonalari bilan bo‘lgan. Taxminan 1,2 metr balandlikdagi qizil-oltinrang robot unga orqadan yaqinlashib, tegingan va qizga nisbatan shahvoniy harakatlar sodir etgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, robotning 16 yoshli egasi va uning 19 yoshli tanishi hodisani videoga olgan, ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirga uzatgan va robotning harakatlarini izohlab borgan. Shuningdek, TikTok’da Kyoln ko‘chalarida harakatlanayotgan va nomaqbul harakatlar qilayotgan robot aks etgan videolar tarqalgan.
Politsiya chaqiruvdan so‘ng voqea ishtirokchilarini yaqin atrofda topgan. Robot esa Volkswagen rusumli avtomobilning yukxonasidan topilgan. Huquq-tartibot idoralari qurilma va gumonlanuvchilarga tegishli ikkita mobil telefonni musodara qilgan.
Bildirilishicha, hozirda tergovchilar robot hodisa vaqtida qanday boshqarilganini va uning harakatlariga kimdir ataylab ta’sir ko‘rsatgan-ko‘rsatmaganini aniqlamoqda. Politsiya jinsiy tegajog‘lik gumoni bilan ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitda ishtirok etishga tayyorlashni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi