Tramp Sheynbaumni JCH finaliga taklif qildi

Sport

image

Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSH Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan AQSHda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati finaliga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Bu haqda Sheynbaum “Reforma” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Prezident Trampdan Jahon chempionati finaliga borish uchun taklif oldim va bu AQSH Prezidentining shaxsiy taklifi bo‘lgani uchun borishga qaror qildim... Ertaga bu haqda batafsil ma’lumot beradigan murojaatimni yozib qoldiraman”, deydi Sheynbaum.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirda Kanada Bosh vaziri Mark Karni ham ishtirok etadi. 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali ertaga, 19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati, Ist-Raterford shahridagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi. Finalda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan mudofaa xarajatlari bo‘yicha kelishmovchiliklarga qaramay, Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Jahon chempionati finalini tomosha qilish uchun Nyu-Yorkka borishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing