Medvedev yana G‘arbga yadroviy tahdid bilan chiqdi

Olam

image

Rossiyaning sobiq prezidenti va ayni paytda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev G‘arb yadro urushi xavfini yetarlicha baholay olmasligidan ogohlantirdi. Uning aytishicha, Zelenskiy hokimiyatda qolar ekan, tinchlik muzokaralarini amalga oshirish mumkin emas. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Urushning takrorlanmaydigan qonunlari bor. Agar gap yadroviy qurol haqida ketsa, oldindan zarba berish kerak bo‘ladi”, deydi Medvedev.

Kreml vakili, shuningdek, urush muzokaralar orqali tugashi muqarrar ekanini, ammo ayni paytdagi Ukraina hokimiyati tepasidagilar ketmasa, vaziyat o‘zgarmasligini qayd etgan.

Medvedevning fikricha, Vashingtonning Ukrainani doimiy ravishda qurol-yarog‘ bilan to‘ldirish borasidagi siyosati maqsadi aniq. 

“Qo‘shma Shtatlar o‘zining pragmatik manfaatlaridan kelib chiqib ish tutadi. Ular shunchaki ko‘p asrlik dushmanini yo‘q qilishga harakat qilmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, Medvedev bundan oldin ham yadroviy qurol bilan bog‘liq ogohlantirish bilan chiqqan edi. U shu yilning 25 aprel kuni davlatga tahdid soladigan tajovuzkorlik ko‘rsatilsa, Rossiya birinchi bo‘lib yadro qurolidan foydalanishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Medvedev yadroviy tahdid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing