Medvedev Zelenskiyning “Maydan 3” haqidagi bayonotidan kuldi

Olam

image

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Moskva Ukrainada “Maydan-3”ni tayyorlayotgani haqidagi gapini mazax qildi. Bu haqda u “VKontakte”da post qoldirdi.

"Jin ursin... U barcha kartalarni aralashtirib yubordi. U rejani fosh qildi. Aks holda, hamma narsa allaqachon tayyor edi: kerakli odamlar, tonnalab qurollar va rus prankerlari Maydan ishchilari uchun pirog tayyorlashi uchun chaqqonoyoq Nuland buvini chaqirgandi. Biz operativ tayyorgarlikni o‘zgartirishga majbur bo‘lamiz”, deb istehzo qilgan Medvedev.


Uning da’vo qilishicha, moskvaliklarning "Maydan 3" ayyor rejasi nomining o‘zi Kiyevning dastlabki ikki “Maydan” davlat to‘ntarishidan boshqa narsa emasligini tan olganini anglatadi.

“Xalqning qonuniy irodasi haqida gapirish esa shunchaki gap”, degan Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainada “Maydan 3” tashkil etish va Prezidentni lavozimidan chetlashtirish rejasi borligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Medvedev Maydan 3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing