Medvedev SHHT doirasida milliy valyutaga o‘tishga chaqirdi

Jamiyat

image

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘zaro savdo-sotiqda milliy valyutadan foydalanishni yo‘lga qo‘yishi kerak. Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bugun, 2 noyabr kuni Toshkentda o‘tayotgan SHHT Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida shunday fikr bildirdi.

“Moliyaviy infrastruktura masalasiga e’tibor qaratish juda muhim. Qozog‘istonning SHHT doirasidagi hisob-kitoblarda milliy valyutaga o‘tishning aniq bosqichlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklifiga e’tibor qaratishingizni xohlayman. Bu yaxshi tashabbus”, dedi Medvedev.

Rossiya Bosh vaziri SHHTga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar dunyoda ishlab chiqarilayotgan neftning beshdan biriga egalik qilishini ta’kidlab, muqobil energetika va energiya samardorligiga e’tibor qaratishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

neft' ShHT Dmitriy Medvedev milliy valyuta

Baholaganlar

383

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing