Özbekistonda dollarlaşuvni kamaytiriş rejalaştirilmoqda

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda dollarlaşuvni kamaytiriş, milliy valyutada kreditlaş va omonatlar hajmini oşiriş rejalaştirilmoqda. Davlat banklarini xususiylaştiriş jarayonini jadallaştiriş ham vazifalar qatoriga kiritildi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Işmetov “Axborot” dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Qayd etilişiçaa, uşbu masalalar joriy yilning 13 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda muhokama qilingan. Timur Işmetovning aytişiça, 2027 yil Özbekistonning uzoq muddatli iqtisodiy maqsadlariga erişişida muhim bosqiç böladi. Buning uçun narxlar barqarorligini ta’minlaş, pul-kredit siyosati samaradorligini oşiriş va bank sektorini isloh qilişni davom ettiriş zarur.

Markaziy bank faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri iqtisodiyotning xorijiy valyutaga boğliqligini kamaytirişdan iborat böladi.

“Asosiy masala – bu dollarizatsiya darajasini kamaytiriş, sömga bölgan işonçni oşiriş orqali umuman iqtisodiyotda köproq sömda qarz oliş, sömda kreditlaş, aholining ham depozitlarini, kreditlarini asosan sömga ötkaziş masalasi kötarilgan”, deydi Timur Işmetov.

Uning sözlariga köra, dollarlaşuv darajasini pasaytiriş xorijiy valyutadagi operatsiyalar va qarz oliş bilan boğliq xatarlarni kamaytiriş uçun zarur.

Xususan, milliy valyuta qadrsizlangan taqdirda, xorijiy valyutada olingan kreditlarga sömda hisoblanadigan xizmat körsatiş xarajatlari oşadi. Bu, ayniqsa, daromadini milliy valyutada oladigan, biroq dollar yoki boşqa xorijiy valyutalarda majburiyatlari mavjud qarz oluvçilarga ta’sir körsatadi.

Markaziy bank oldiga qöyilgan vazifalardan yana biri pul-kredit siyosati vositalari samaradorligini oşirişdan iborat. Buning uçun regulyator likvidlikni boşqariş imkoniyatlarini kengaytiriş va içki moliya bozorlarini rivojlantirişni rejalaştirmoqda.

“Biz ham valyuta bozorida, ham banklararo bozorda yangi vositalarni kiritamiz. Umuman, Markaziy bankning monetar siyosati vositalarining samaradorligini oşiramiz”, deydi Işmetov.

Yiğilişda inflyatsiyani pasaytiriş va narxlar barqarorligi böyiça örta muddatli maqsadlarga erişiş vazifasi ham belgilangan. 2027 yil uçun davlat byudjeti loyihasini muhokama qiliş doirasida kelgusi yilda inflyatsiyani 6 foizdan oşirmaslik, keyinçalik esa uni 5 foizgaça pasaytiriş vazifasi qöyilgan.

Avvalroq, Markaziy bank pul-kredit siyosatining 2027–2029 yillarga möljallangan asosiy yönalişlari loyihasini taqdim etgan. Uning bazaviy ssenariysida 2027 yilning ikkinçi yarmida inflyatsiyani maqsadli 5 foizgaça pasaytiriş közda tutilgan.

Hujjatda bank tizimidagi likvidlikni boşqarişni takomillaştiriş, foiz koridorini qayta körib çiqiş, UZONIA stavkasining pul bozori uçun asosiy körsatkiç sifatidagi rolini kuçaytiriş, foiz va valyuta xatarlaridan himoyalaniş vositalarini rivojlantiriş nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, bozor iştirokçilariga valyuta kurslari va foiz stavkalarining noqulay özgarişlaridan himoyalaniş imkonini beruvçi hosilaviy moliyaviy vositalar – derivativlar bozorini rivojlantiriş rejalaştirilmoqda.

Davlat banklari xususiy qöllarga ötadimi?

Markaziy bank raisi davlat banklarini transformatsiya qiliş va ayrim banklarni xususiylaştiriş jarayonini jadallaştiriş masalasiga ham töxtalgan.

“Ikkinçi yönaliş – bu davlat banklarining transformatsiyasini jadallaştiriş, ayrimlarini xususiylaştirişni tezlaştiriş böyiça topşiriqlar berilgan. Bu ham nima maqsadda – keyingi ön yillikda iqtisodiy ösişni yangi darajaga oşiriş, umuman iqtisodiyot sifatini yangi darajaga kötariş uçun bizga şunga mos bank tizimi kerak böladi”, deydi Timur Işmetov.

Uning aytişiça, bank sektorini modernizatsiya qiliş iqtisodiyotni rivojlanişning yangi bosqiçiga olib çiqiş şartlaridan biri hisoblanadi.

Yiğiliş yakunlari böyiça e’lon qilingan rasmiy xabarda ham bank tizimida xususiy kapital iştirokini kengaytiriş, kredit resurslari hajmini oşiriş va investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş zarurligi qayd etilgan.

Xususiylaştiriş jarayonlariga qaramay, davlat iştirokidagi banklar Özbekiston bank sektorining katta qismini egallab turibdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 2026 yil 1 oktyabr holatiga davlat iştirokidagi banklar bank tizimi aktivlarining 60,8 foiziga egalik qilgan. Bu 1,045 kvadrillion sömlik umumiy aktivlarning 634,9 trillion sömini taşkil etadi.

Davlat iştirokidagi banklarning jami kredit portfelidagi uluşi 64,6 foizga (659,1 trillion sömdan 425,8 trillion söm), banklar kapitalidagi uluşi 57,8 foizga (152,9 trillion sömdan 88,3 trillion söm), depozitlardagi uluşi esa 50,2 foizga (501 trillion sömdan 251,5 trillion söm) teng bölgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 2026 yil 1 oktyabr holatiga Özbekiston tijorat banklarining umumiy kredit qöyilmalari hajmi 659,1 trillion sömni taşkil etgan. Şundan 252,3 trillion sömi xorijiy valyutadagi kreditlarga töğri kelgan. Valyutadagi kreditlarning umumiy kredit portfelidagi uluşi 38,3 foizni taşkil etgan. Bir yil avval bu körsatkiç 39,3 foiz bölgan. Ya’ni bir yil davomida xorijiy valyutadagi kreditlar uluşi 1 foiz punktga kamaygan.

Biroq xorijiy valyutadagi kreditlarning sömdagi ekvivalenti 228,7 trillion sömdan 252,3 trillion sömgaça yoki 10,3 foizga oşgan. Bu ularning umumiy kredit portfelidagi uluşi kreditlar hajmi kamaygani hisobiga emas, balki umumiy kredit portfeli ösişi fonida qisqarganini anglatadi. Depozitlar böyiça dollarlaşuv darajasining pasayişi esa yanada sezilarli bölgan.

2026 yil 1 oktyabr holatiga banklardagi depozitlarning umumiy hajmi 501 trillion sömga yetgan. Şundan 93,1 trillion sömi xorijiy valyutadagi omonatlarga töğri kelgan. Valyutadagi depozitlarning umumiy depozitlar hajmidagi uluşi bir yil davomida 22,5 foizdan 18,6 foizgaça, ya’ni 3,9 foiz punktga kamaygan. Biroq ularning hajmi 83,7 trillion sömdan 93,1 trillion sömgaça oşgan.

Şunday qilib, bank tizimida depozitlar dollarlaşuvining pasayişi kredit portfeliga nisbatan tezroq keçmoqda. Şunga qaramay, xorijiy valyutadagi kreditlar hanuz bank tizimidagi jami kredit qöyilmalarining uçdan biridan köproğini taşkil etmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing