Mehnat migrantlari soliq to‘lashga majbur etilmaydi! – Erkin Muhitdinov

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirilishi haqida xabar bergan edik.

Shundan so‘ng, bu xabar noto‘g‘ri talqin qilinganligi sababli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Ushbu xabarlarga Mehnat vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov ham o‘z munosabatini bildirdi. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda bir xabar keng tarqaldi. Go‘yoki keyingi yil birinchi yanvardan xorijda ishlayotgan vatandoshlarimiz soliq to‘lashga majbur bo‘ladi. Men rasman, Mehnat vazirligining migratsiya tizimiga javobgar shaxs sifatida aytmoqchimanki, bu narsa noto‘g‘ri! Xorijda ishlayotgan fuqarolarimiz hech qanday soliq to‘lashga majbur bo‘lmaydi. 

Xorijda ishlab yurgan fuqarolarimiz pensiyaga chiqishlari va pensiya olishlari uchun minimal to‘lov to‘lashadi. Ya’ni, bir yilga 111 200 so‘m ixtiyoriy to‘lovni amalga oshirishadi. Vaholanki, O‘zbekistondagi eng minimal pensiya 513 000 so‘mni tashkil qiladi. Yiliga 111 000 so‘m to‘lab, oyiga 513 000 pensiya olish huquqi berilmoqda”, dedi Mehnat vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Davlat soliq qo‘mitasi migrantlar uchun soliq joriy qilinganini inkor qilgan edi.

Shundan so‘ng, “Saxovat” jamg‘armasi raisi migrantlar uchun soliq joriy qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

soliq migratsiya

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing