Mbappe PSGni boshqarishda ishtirok etishi mumkin

Sport

image

PSJ klubi hujumchi Kilian Mbappega yangi taklif bilan chiqdi. Fransiya klubi futbolchiga klub boshqaruvida ishtirok etishiga ruxsat bermoqchi. Bu haqda “El Chiringuito TV” telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ rahbariyati jamoasining asosiy yulduzini “Real Madrid”ga qo‘yib yubormaslikka astoydil harakat qilmoqda. Fransuz klubi Mbappega kelasi mavsumdan boshlab jamoa loyihasining egalaridan biri bo‘lishni taklif qildi. 23 yoshli futbolchi ushbu taklifni qabul qilsa, jamoaning murabbiyi almashishida o‘z so‘zini ayta oladi va klubning transfer siyosatiga aralashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum parijliklar safida Mbappe barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Joriy yilning 30 iyun kuni uning PSJ klubi bilan shartnomasi tugaydi. Shundan so‘ng, Kilian Mbappe erkin agent sifatida istalgan jamoa safiga  qo‘shilishi mumkin. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda. Bu jahon futbolidagi eng qimmat narx hisoblanadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

PSJ Mbappe

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing