Mbappe PSGdagi maqsadini aytdi

Sport

image

Fransiya milliy terma jamoasi va PSG klubi hujumchisi Kilian Mbappe Parijning bosh jamoasi tarixida iz qoldirmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Mbappening so‘zlariga tayanib, “RMC Sport” nashri xabar berdi.

23 yoshli Kilianning bugaplaridan oldin,PSG prezidenti Nosir Al-Xelayfi fransiyalik futbolchini faqat g‘alaba qozonishni istaydigan fantastik hujumchi deb atagandi.

“Albatta, maqtovlar prezidentdan kelganini hisobga olsak, bu menga juda ijobiy ta’sir qildi. Ammo PSG mendan oldin bo‘lgan va mendan keyin ham bo‘ladi. Maqsadim klub tarixida iz qoldirish ekanligini hamma anglashi kerak. PSJning o‘z binosi bor va men bu uyga o‘z g‘ishtimni qo‘shyapman”, degan Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda 23 yoshli futbolchi shov-shuvli tarzda PSG bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchining yangi shartnoma bo‘yicha klubdagi maoshi 93 million yevroni tashkil qiladi va u dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylangan.

Ma’lumot o‘rnida, Mbappe o‘tgan mavsumda PSG safida barcha musobaqalar doirasida 46 o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urgan va 26 ta golga assistentlik qilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

PSJ Mbappe

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing