Mbappe Messining rekordini yangiladi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Yevropa Chempionlar ligasida 40 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda "Opta Sports" nashri xabar berdi.

Fransiyalik forvard 23 yoshu 10 oyligida bu natijaga erishdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Mbappe 24 yoshu 4 oyigida YeCHLda 40 ta gol urgan jamoadoshi, argentinalik hujumchi Lionel Messining rekordini yangiladi.

PSJ Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL)  guruh bosqichining so‘nggi turida "Yuventus"ni mag‘lub etdi. Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, jamoa 14 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi. Kutilmaganda "Benfika" guruhda yetakchi bo‘ldi.

Joriy mavsumda YeCHL guruh bosqichida Mbappe to‘liq 6 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Messi

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing