Maykl Jeksonning akasi vafot etdi

Olam

image

Mashhur qo‘shiqchi va pop qiroli Maykl Jeksonning akasi Tito 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jeksonlar oilasining do‘sti Stiv Menning ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Tito Angliyaga safari chog‘ida yurak xurujiga uchragan. O‘lim sababi rasman aniqlanmagan. Keyinchalik, Titoning jiyani Siggi “People” jurnaliga Jeksonning vafoti haqidagi xabarni tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Tito 2009 yilda vafot etgan aka-ukalari Jeki, Jermeyn, Marlon va Maykl bilan birga afsonaviy “The Jekson 5” guruhining a’zosi bo‘lgan. Musiqachi Jeksonlarning yangilangan homiyligi ostida bir hafta oldin Angliyada ham chiqish qilgan. So‘nggi 20 yil ichida u blyuz gitarachisi sifatida, yakkaxon tarzda va “B.B. King Blues” guruhi bilan ko‘plab konsertlarda  ishtirok etgan.

Tito Jeksonlar oilasida yakkaxon albomini chiqargan aka-ukalarning oxirgisi hisoblanadi. U 2016 yilda “Tito Time” musiqiy albomini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Jekson o‘limidan avval 500 million dollar qarz olgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Maykl Jekson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing