Maykl Jeksonning kurtkasi auksionga qo‘yildi
Madaniyat-san’at
−
12 Oktabr 2023
8037Amerikalik qo‘shiqchi Maykl Jeksonning mashhur reklama roligida kiygan libosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda “Rambler subbotniy” nashri xabar berdi.
U ushbu oq chiziqlar va “zamok”larga ega bo‘lgan qora charm kurtkani 1984 yilda ommalashgan reklama roligida kiygan. Lotning dastlabki qiymati 100 ming funt sterling (123 AQSH dollari)ni tashkil etadi. Biroq tashkilotchilar kiyimni kollektorlarga 200 dan 400 ming funt sterlinggacha (246 dan 492 dollargacha) oshib boradigan narxda sotishni rejalashtirmoqda.
Kurtkadan tashqari auksionga boshqa musiqachilarning shaxsiy buyumlari ham qo‘yiladi. Onlayn savdolar 10 noyabr kuni “Prop Store Auction” platformasida bo‘lib o‘tadi.
“O‘tgan yilgi musiqiy auksion muvaffaqiyatidan ilhomlanib, biz rok va pop afsonalari - Jon Lennon, “The Beatles” guruhi, Devid Boui, Jorj Maykl, Maykl Jekson, “Oasis” guruhi, “Kiss” guruhi, Nirvana, Elvis Presli, Emi Uaynxaus va Kurt Kobeynga tegishli bo‘lgan noyob lotlarni taklif qilamiz. Ko‘pgina buyumlar birinchi marta ommaga sotilmoqda”, dedi “Prop Store Auction”ning musiqa va plakatlar bo‘yicha direktori Mark Xochma.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maykl Jeksonning eng mashhur liboslaridan biri – ilk “Oy yurishi” raqsi ijrosida kiygan Fedora shlyapasi auksionga qo‘yilgandi.