Özbekistonda xususiy klinikalar uçun yerlar auksionga qöyiladi

Jamiyat

−

image

Endi Özbekistonda hokimlar har yili xususiy klinikalar uçun yer uçastkalarini belgilab, e’lon qiladi. Yerlar faqat şu maqsadda auksionga çiqariladi va qulay şartlarda taklif etiladi. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.

Prezident uçraşuvda xususiy klinikalar soni 2017 yildagi 3,5 mingtadan 9 mingtadan ortiqqa yetganini qayd etgan. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda xususiy sektor oldinga ötgan: uning uluşi stomatologiyada 90 foiz, diagnostikada 70 foiz, LOR xizmati, urologiya va oftalmologiyada 60 foizni taşkil etmoqda. 

Şu bilan birga, hududlar örtasida katta tafovut saqlanib qolmoqda. Andijon, Farğona, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toşkent şahrida xususiy klinikalarning 35-40 foizi statsionar örinlarga ega. Qoraqalpoğiston, Sirdaryo, Jizzax va Navoiyda bu körsatkiç 15 foizga ham yetmaydi. 

Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tuğuruq komplekslari kabi talab yuqori yönalişlarda xususiy sektor iştiroki kutilgan darajada emas. Uşbu yönalişlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi. 

Hokimlar har yili xususiy klinikalar uçun yer uçastkalarini belgilab, e’lon qiladi. Yerlar faqat şu maqsadda auksionga çiqariladi va qulay şartlarda taklif etiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing