Van Gogning “Gullayotgan kaştanlar” asari rekord narxda sotildi

Madaniyat-san’at

−

image

Vinsent Van Gogning “Gullayotgan kaştanlar” kartinasi Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida rassom asarlari uçun rekord körsatkiç hisoblangan 190,4 million dollarga (komissiya tölovlari bilan birga) sotildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi. 

Qayd etilişiça, 1890 yilda yaratilgan uşbu polotno jahon auksionlari tarixidagi eng qimmat san’at asarlari törtligidan ham joy olib, Leonardo da Vinçi, Gustav Klimt va Endi Uorxol asarlaridan keyingi örinni egallagan. Savdolar boşlanişidan oldin u 180 million dollarga baholangan. Bungaça Van Gog kartinalari orasidagi narx rekordi “Sarv daraxtli boğ” (1888 yil) asariga tegişli bölib, u tört yil avval 117,2 million dollarga sotilgan.

Auksiondan bir kun oldin Sotheby's 1936 yilda “Gullayotgan kaştanlar”ni sotgan yahudiy noşirning merosxörlari da’volarini hal etişga muvaffaq bölgan. Ular kartina natsizm davrida bosim ostida sotilganini da’vo qilib, restitutsiya (mulkni qaytarib beriş) talab qilgan. Auksion uyi tekşiruv ötkazib, bitim vijdonan va qonuniy tarzda amalga oşirilgan degan xulosaga kelgan.

Asarning xaridori art-diler Uilyam Akvavella bölib, u kartina uçun Sotheby's komissiyalarisiz 165 million dollar tölaşga rozi bölgan. Xuddi şu savdolarda Pol Sezanning “Arlekin” (1888–1890 yillar) asari ham 111 million dollarga sotilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jekson Pollokning maşhur san’at asarlaridan biri Christie’s kimoşdi savdosida rekord narx – 181 million dollarga sotilgandi. Mutaxassislar uşbu asarni “san’at tarixidagi birinçi çinakam mavhum rasmlardan biri” sifatida ta’riflaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing