Mayk Tayson blogerni nokaut qilishini aytdi

Sport

image

Afsonaviy og‘ir vazn toifasidagi chempion Mayk Tayson va shov-shuvli ijtimoiy tarmoq yulduzi Jeyk Pol o‘rtasidagi bo‘lajak boks jangi butun internet olamida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Tayson 18 avgust kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jang haqida gapirar ekan, Pol haqida ham fikr bildirdi.

“Biz shunchaki faktlarni tinglashimiz kerak. Shuni unutmang, You Tube blogeri tarixdagi eng buyuk bokschiga qarshi jangni rejalashtirdi”, degan Tayson.

Amerikalik aktyor, videobloger Jeyk Pol tarixdagi eng mashhur va taniqli professional bokschi Mayk Taysonga qarshi ringga ko‘tarilmoqchiligini bildirgan. Tayson esa Jeyk Polni nokaut qilishni rejalashtirmoqda.

Boks kechasi joriy yilning 15 noyabr kuni AQSHning Texas shtati Arlington shahridagi “Dallas Cowboys” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jang dastlab joriy yilning 20 iyul kuniga belgilangan edi. Biroq Taysonning sog‘lig‘i tufayli jang sanasiga o‘zgartirish kiritilgan.

Mayk Tayson o‘zining so‘nggi professional jangini 2005 yilda o‘tkazgan.

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo “Give me Sport” podkastida afsonaviy amerikalik bokschi Mayk Tayson va professional boks janglarida ishtirok etayotgan videobloger Jeyk Pol o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, 57 yoshli Mayk Taysonga bu shou uchun 20 million dollarga yaqin to‘lanishi haqida aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik bokschilarning WBC'dagi reytingi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Mayk Tayson Jeyk Pol You Tube blogeri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing