Boks. O‘zbekiston yoshlari JCHni muvaffaqiyatli boshlashdi

Sport

image

Kecha, 15 noyabr kuni Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari start oldi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 20 nafar sportchi biln ishtirok etmoqda. Turnirning ilk kunida 5 nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tarildi.

-48 kgda Miralijon Mavlonov Qirg‘iziston vakili Bekzod Ergeshovni mutlaq ustunlik bilan mag‘lub etdi. -54 kgda Xo‘janazar Nortojiyev italiyalik Stefano Gugliyelminoni ilk raunddayoq taslim qildi. -67 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev qirg‘iz bokschisi Almanbet Shaurbek Uuludan ustun keldi. -75 kgda To‘rabek Xabibullayev Chexiya vakili Daniel Florian o‘rtasidagi jangda texnik nokaut evaziga O‘zbekiston sportchisi g‘alaba qozondi. -63 kg vaznda Shavkatjon Boltayev esa musobaqadagi ishtirokini erta yakunlaydigan bo‘ldi. U boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni hindistonlik Vanshajga qarshi jang o‘tkazib, imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, boks bo‘yicha yoshlar mundiali janglari 26 noyabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Ispaniya

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing