Parij-2024: O‘zbekistonlik bokschi Olimpiadani tark etdi
Sport
−
01 avgust
15538Bugun, 1 avgust kuni Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida chorak final janglari boshlandi. -63,5 kg vaznda o‘zbekistonlik Ruslan Abdullayev chorak finalda kanadalik Uayt Sanfordga qarshi ringga ko‘tarildi.
To‘liq uch raund davom etgan jang natijalariga ko‘ra hakamlar kanadalik bokschining g‘alabasi qayd etildi.
Shunday qilib, Abdullayev Parijdagi yurishini chorak finalda to‘xtatdi. Chorak finaldagi g‘alaba orqali Abdullayevning raqibi Sanford esa kamida bronza medalini naqd qildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kun dasturida yana bir o‘zbekistonlik bokschi -92 kg da Lazizbek Mullojonov yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi. G‘alaba Mullojonovga Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida kamida bronza medalini keltiradi.