Boksning Olimpiadadagi “umri poyoniga yetmoqda”
Sport
−
24 dekabr 2022
13853Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2024 yildan boshlab boks sport turini Olimpiada dasturidan chiqarib tashlamoqchi. Bunga sabab Xalqaro boks assotsiatsiyasining “Gazprom” kompaniyasi bilan yangi homiylik shartnomasini imzolashi bo‘lgan.
XOQ 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari dasturiga haligacha boksni kiritmadi.
XOQ IBA Rossiya hukumati tomonidan nazorat qilinadigan kompaniya “qaramog‘i”da qolib ketishiga norozilik bildirdi.
“XOQ so‘nggi voqealar zamirida boksning 2024 yilgi Olimpiada dasturidan chiqarilishiga sabab bo‘ladigan barcha holatlarni hisobga olishga majbur bo‘ladi”, deyiladi XOQ bayonotida.
Avvalroq Roy Jons boshchiligidagi IBA tarafdorlari XOQ shtab-kvartirasida boksni 2028 yilda Los-Anjelesdagi Olimpiadaga kiritish talabi bilan namoyish o‘tkazgandi.
LiveBarchasi