Toshkentda Jahon chempionati o‘tkaziladi

Sport

image
0:00
0:00
download

2023 yilning 1-14 may kunlari Toshkentda Jahon chempionati bahslari o‘tkazilishini ma’lum qilindi. Bu haqda, 7 noyabr kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov matbuot anjumani davomida aytib o‘tdi. 

“Ishonamanki, boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yuqori darajada o‘tkaziladi va tarixdagi eng zo‘rlaridan biri bo‘ladi. Men O‘zbekistonda bo‘lganman va u yerda musobaqalar qanday tashkil etilishini ko‘rganman. U yerdagi professionalizm va boksga bo‘lgan mehr ko‘p mamlakatlar uchun namuna bo‘ladi. Toshkentda yangi chempionlarni ko‘rishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, dedi Kremlyov.

Xabar qilinishicha, Toshkent mezbonlik qiladigan boks mundialining sovrin jamg‘armasi rekord summa - 5,2 million AQSH dollarini tashkil qiladi.

Musobaqada birinchi o‘rin uchun 200 ming AQSH dollari, ikkinchi o‘ringa 100 000 AQSH dollari, bronza medali sohiblariga esa 50 ming dollari pul mukofoti taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati boks

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing