AQSH JCHning xavfsizligi uchun 1 mlrd ajratadi

Sport

image

AQSH 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun xavfsizlik va viza choralarini belgilab, millionlab xalqaro mehmonlar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirishni va’da qilmoqda. Hukumat bu masala uchun federal moliyalash orqali 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratadi. Bu haqda “New Kerala” nashri xabar berdi.

Oq uyning Jahon chempionati bo‘yicha ishchi guruhi ijrochi direktori Endryu Julianining so‘zlariga ko‘ra, hukumat xavfsizlik uchun federal moliyalash orqali 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan. Uning ta’kidlashicha, mablag‘ning 625 million dollari FIFA Jahon chempionati grant dasturi orqali huquqni muhofaza qiluvchi idoralarni qo‘llab-quvvatlashga va kiberxavfsizlik bo‘yicha mashg‘ulotlar, amaliy tayyorgarliklar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun yo‘naltiriladi. Shuningdek, 500 million dollar uchuvchisiz samolyotlarga (dronlarga) qarshi grant dasturi doirasida ajratiladi.

Endryu Juliani kutilayotgan 5–7 million muxlislarning oqimini boshqarish maqsadida AQSH sayohat tizimlarini yangilash choralarini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, asosiy e’tibor ko‘p sonli muxlislarni qabul qilishi kutilayotgan mamlakatlar uchun viza kutish vaqtlarini qisqartirishga qaratilgan.

“Dunyo bo‘ylab mamlakatlarning 80 foizdan ortig‘idagi muxlislar 60 kundan kamroq vaqt ichida viza uchrashuviga yozilishlari mumkin. Butun dunyo bo‘ylab AQSH konsulliklariga 450 dan ortiq qo‘shimcha xodimlar yuborildi. 300 mingdan ortiq qo‘shimcha vizalar allaqachon berildi va kelgusi yil boshida bu raqam millionlarga yetishi kutilmoqda” , deydi u.

Ma’lumot uchun, mundialga qur’a tashlash marosimi bugun, 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSH Jahon chempionati Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing