Mavzu yana Afg‘oniston: Hindiston Termizda qisqa muddatli kurslarni tashkil etmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Pankaj Saran, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Vijay Thakur Singh hamda TIV departamenti direktori Dipak Mittal bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Joriy yilning 3 dekabr kuni Dehlida o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida ikki mamlakatning afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash yo‘llari, shuningdek, ushbu mamlakatda turli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Hindiston tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan rivojlantirish borasidagi siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Suhbatdoshlar so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston afg‘on muammosini hal qilishda muhim rol o‘ynamoqda va bunda avvalo Afg‘oniston xalqi manfaatlarini ilgari surmoqda. 

Uchrashuvda Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini tayyorlash bo‘yicha Ta’lim markazi bazasida Afg‘oniston uchun milliy kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Hindiston tomoni ushbu Markazda Afg‘onistonda eng ko‘p talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Termiz O'zbekiston-Afg'oniston Ismatilla Irgashev

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing