Mavjuda Mirzayeva ham “ichkarida”mi? Jurnalist to‘satdan yo‘qolib qoldi
Jamiyat
−
30 yanvar 2023
46695Avvalroq, joriy yilning 27 yanvar kuni “Human” axborot portali direktori Xurshid Daliyev, sayt bosh muharriri Muslim Mirzajonov va saytning boshqa xodimlari o‘zini “organ xodimlari” deb tanishtirgan bir guruh shaxslar tomonidan olib ketilganani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist va blogerlar sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva bilan ham bog‘lana olmayotgani va u ikki kundan buyon aloqaga chiqmagani haqida xavotirli postlar joylay boshladi.
QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik karitish maqsadida IIV Matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi. Uning aytishicha, bu IIB xodimlarining ishi emas va shuning uchun holat bo‘yicha unda hech qanday ma’lumot yo‘q.
Tarmoq faollari Mirzayeva ham “Kompromat ishi” doirasida hibsga olingani, shu bois u ayni paytda DXX tergov hibsxonasida tergov qilinayotgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Biroq DXXning yagona Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bu haqida hech qanday rasmiy axborot berilgani yo‘q.
Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, qolaversa, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ham holat bo‘yicha munosabat bildirganicha yo‘q.