Mavsumiy ofat: Kaliforniya alanga ichida qoldi (foto)

Olam

AQSHning Kaliforniya shtatida bir oy avval boshlangan anomal issiq va tabiiy yong‘inlar davom etyapti. Mintaqaning markaziy qismida yashovchi aholi evakuatsiya qilish bo‘yicha ogohlantirish olgan. Shtat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilindi. Jami 100 ming odam evakuatsiya qilinadi.

“Bunday yong‘inlarni ko‘p yillardan beri ko‘rmagandik. Faqat tasavvur qiling, butun shtat bo‘ylab 367 ta yangi yong‘in o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Biz barcha mavjud resurslarimizni aholimiz xavfsizligi uchun safarbar qilyapmiz”, degan Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom.

Yong‘inlarni o‘chirish ham yo‘qotishlarsiz bo‘lmayapti. Kecha tepalikdagi alangaga suv sepayotgan vertolyot halokatga uchradi. Uchuvchi halok bo‘ldi. Anomal issiq sabab Kaliforniyada elektr tarmoqlari bazo‘r ishlayapti. Ko‘plab podstansiyalarda avariyalar bo‘lishi sababli elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lyapti.

Shtatda yong‘inlar mavsumi odatda mavsum noyabr oyida yakunlanadi. Alangalar girdobida qolgan Kaliforniyani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qizil sayyora Marsga qiyoslayapti.

Eslatib o‘tamiz, Kaliforniyaning O‘lim vodiysida Yer sayyorasidagi eng yuqori havo harorati qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Kaliforniya

Baholaganlar

89

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing