Mauntdan xet-trik: “Chelsi” raqibini “yer tishlatdi”

Sport

image

Bugun, 23 oktyabr kuni Angliya Premer ligasining 9-turida “Chelsi” “Norvich”ni yirik 7:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bugungi natija “Chelsi”ning Tomas Tuxel bosh murabbiy bo‘lganidan buyon erishgan eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. Bungacha jamoa nemis murabbiyi boshchiligidagi o‘yinlarda raqib darvozasiga 4 tadan ko‘p gol kiritmagan edi.

“Arisokratlar” yarim himoyachisi Meyson Maunt uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Biroq, londonliklarning asosiy hujumchilari – Romelu Lukaku va Timo Verner jarohat tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborganini ta’kidlab o‘tish kerak.

APL. 9-tur. “Chelsi” 7:0 “Norvich” 

Gollar: 

1:0 – 8 Maunt, 2:0 – 18 Xadson-Odoi, 3:0 – 42 Djeyms, 4:0 – 57 Chiluell, 5:0 – 62, avtogol Aarons, 6:0 – 85, penalti Maunt, 7:0 – 90 Maunt.

“Chelsi” – Mendi, Jeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Chiluell, Kovachich, Jorjino (Loftus-Chik, 64), Maunt, Xaverts (Barkli, 70), Xadson-Odoi (Ziyesh, 70). 

“Norvich” – Krul, Aarons, Xenli, Gibson, Kabak, Yannulis (Uilyams, 46), Maklin, Le-Melu (Rashitsa, 46), Normann, Pukki, Sarjent (Omobamidele, 69). 

Ogohlantirishlar:

Le-Melu (45), Gibson (55), Normann (83).

Chetlatish:

Gibson (65).


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Tuxel' Norvich Maunt

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing