Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi
Olam
−
13 iyul
5575Milliarder Ilon Mask AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor Trampni qo‘llab-quvvatlovchi America PAC siyosiy faollik qo‘mitasiga pul xayriya qilgan. Mask qancha pul o‘tkazgani noma’lum. Ammo “Bloomberg” manbalari bu miqdorni "sezilarli" deb atamoqda.
Qayd etilishicha, Mask hali AQSH prezidentligiga nomzodlarning birortasini ochiq qo‘llab-quvvatlamagan.
Shuningdek, tadbirkor agentlikning xayriya ma’lumotlariga izoh berish so‘roviga javob bermadi. Tramp kampaniyasi va America PAC ham izoh berishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask AQSHning amaldagi rahbari Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatdan keyin Amerika hukumatini aslida hech kim boshqarmayotganini taxmin qilgandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr