Mask Trampdan importga yangi bojlar kiritmaslikni so‘radi

Olam

image

AQSH Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari, biznesmen Ilon Mask shaxsan AQSH Prezidenti Donald Trampdan bojxona siyosatini qayta ko‘rib chiqishni va ulkan import bojlarini joriy qilmaslikni so‘radi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

“Dam olish kunlarida Ilon Mask ijtimoiy tarmoqlarda Oq uy maslahatchisini Prezidentning tajovuzkor tarif rejasi uchun tanqid qilgan ko‘plab postlarni chiqarar ekan, Mask Trampga shaxsan murojaat qildi”, deyiladi xabarda.

Ikki manba Maskning Trampga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilganini tasdiqladi, ammo hech qanday natija bo‘lmadi. 

“Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlagan biznes va texnologiya rahbarlari Prezidentning bunday yuqori tariflarni joriy etish qaroridan hayratda qolishdi va siyosatga ko‘proq ta’sir o‘tkaza olmaganidan hafsalasi pir bo‘ldi”, deydi WP manbalari.

Trampning yangi bojlari

2 aprel kuni Tramp AQSHning tashqi savdo hamkorlariga (ro‘yxatga jami 185 ta davlat kiritilgan) nisbatan “o‘zaro” bojlar joriy etilishini ma’lum qildi. Bojlarning minimal bazaviy darajasi 10 foizni tashkil etdi, biroq bir qator davlatlar uchun bojlar AQSHning ushbu mamlakatlar bilan savdo taqchilligiga qarab individual ravishda hisoblab chiqilgan. Masalan, Xitoy uchun bojlar 34 foizni, Yevropa Ittifoqi uchun esa 20 foizni tashkil qiladi.

7 aprel kuni Tramp, agar Pekin Amerika tovarlariga nisbatan 34 foizlik javob bojlarini bekor qilmasa, AQSH ma’muriyati Xitoyga qo‘shimcha 50 foizlik boj joriy etishini e’lon qildi. U bunday majburiyatlar 9 apreldan boshlab kuchga kirishi haqida ogohlantirdi.

Bunga javoban Xitoy Tramp bilan savdo urushida oxirigacha kurashishga tayyorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp boj savdo urushi Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing