Mashg‘ulotda hushidan ketgan futbolchi vafot etdi
Sport
−
30 noyabr 2022
9434Kecha, 29 noyabr Kolumbiyalik 22 yoshli futbolchi Andres Balanta vafot etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi
Qayd etilishicha, Argentinaning “Atletiko Tukuman” jamoasi futbolchisi mashg‘ulot vaqtida hushini yo‘qotgan, u mahalliy shifoxonaga yotqizilgan, biroq shifokorlar futbolchining hayotini saqlab qololmagan.
Balanta 2021 yilning yozida Kolumbiyaning "Deportivo Kali" klubidan "Atletiko Tukuman"ga o‘tgan edi.
"Sizlarga Andres Balantaning vafoti haqida xabar berganimizdan afsusdamiz. Klub muxlislari chuqur qayg‘uda. Biz uning oilasi, jamoadoshlari va do‘stlariga sabr tilaymiz", deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, Balanta Indoneziyada o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi safida to‘p surgan.
LiveBarchasi