Masharipov Eronga qarshi o‘ynamaydi
Sport
−
20 mart
1969O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov sariq kartochkalari ko‘payib ketgani sabab 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Eronga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Bugun, 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning ikkinchi taymida O‘zbekiston termasi vingeri raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo bosh hakam Masharipovni simulyatsiya ishlatdi deb topdi va sariq kartochka bilan jazoladi.
Shu tariqa, 3-saralash bosqichidagi sariq kartochkalari soni 2 taga yetgan Jaloliddin Masharipov 8-tur doirasida Tehronda bo‘lib o‘tadigan Eronga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Mazkur o‘yin 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
LiveBarchasi