Mashhur bokschi Messiga tahdid qildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Meksikalik bokschi Saul Alvares ijtimoiy tarmoqda futbolchi Lionel Messiga tahdid qildi. Bu haqda "Tofight.ru" sayti xabar berdi.

JCH-2022da Argentina Meksika ustidan g‘alaba qozondi – 2:0. O‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqda Messi g‘alabani nishonlash chog‘ida yerda yotgan meksikalik futbolchining libosini oyog‘i bilan behos tepib yuborgani aks etgan video tarqaldi.

Meksikalik charm qo‘lqop ustasi Saul Alvares Twitter'da holatga munosabat bildirdi. 

“Messi bizning bayroq tushirilgan formamizda pol artganini ko‘rib qoldim. Men uni topolmasligimni Xudodan o‘tinib so‘rasin", deb yozdi bokschi.

Eslatib o‘tamiz, 2-turdan so‘ng Argentina "C" guruhida 2-pog‘onani band etgan. Meksika esa so‘nggi o‘rindan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Alvares

Baholaganlar

1199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing