Ota-onalar farzandlarini o‘zlari maktabga olib borib kelishga chaqirildi
Jamiyat
−
01 fevral 2023
12784Kecha, 31 yanvar kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida zo‘ravonlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Bu haqda Bosh prokurotura ma’lumot berar ekan, gumonlanuvchi 29 yoshli erkak bo‘lib, marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oylarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirganini bildirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rish mumkinki, gumonlanuvchi shaxs 12 yoshli qizni maktabdan qaytayotganda ta’qib qilib kelgan. Shu sababli Toshkent shahar Oila va xotin qizlar boshqarmasi ota-onalardan bolalarini maktabga o‘zlari olib borishi va olib kelishini so‘rab, murojaat bilan chiqdi.
“Oila va xotin qizlar boshqarmasi xodimlari va mahalla faoli marhumaning xonadoniga borib chuqur hamdardlik bildirishdi.
Barcha ota-onalarga iltimos: o‘zingiz hamrohlik qiling va farzandlaringizni maktabga olib borib maktabdan olib keting. Ular bilan doimo aloqada bo‘ling”, deyiladi boshqarma xabarida.
LiveBarchasi