Marsning landshaftini aks ettiruvchi yangi surat e’lon qilindi

Bu qiziq

image

NASA Marsning geografik landshaftini aks ettiruvchi yangi surat bilan bo‘lishdi. Suratni "Mars Reconnaissance Orbiter" stansiyasi o‘zining veb-saytida e’lon qildi.

Rasmda Qizil sayyora yuzasida qovurg‘ali chiziqlar ko‘rinishidagi ajoyib naqshlar tasvirlangan. Bu chiziqlar asta-sekin landshaft bo‘ylab harakatlanadigan muz izlari hisoblanadi.

Surat NASA’ning 2006 yilda Qizil sayyora atrofidagi orbitaga chiqarilgan Marsni o‘rganish uchun mo‘ljallangan Mars Reconnaissance Orbiter (MRO) ko‘p funksiyali avtomatik sayyoralararo stansiyasi tomonidan olingan.

Olimlar bu hodisani “muz oqimi” deb atashdi. Ularning fikriga ko‘ra, bu vaqtda muzning o‘zi toshlar va tuproqni tortadi, natijada xarakatlanuvchi jo‘yaklar paydo bo‘ladi. Bunday naqshlarning shakllanishi uchun minglab yillar kerak bo‘lishi mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, muz shakllanishi fan uchun katta qiziqish uyg‘otadi, chunki ular Mars iqlimi tarixini o‘rganish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 dekabr kuni so‘nggi olti yil ichida quyoshda eng kuchli X2,8 intensivlikdagi chaqnash qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NASA Mars

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing