Quyoshda kuchli chaqnash yuz berdi

Bu qiziq

image

So‘nggi olti yil ichida Quyoshda eng kuchli X2,8 intensivlikdagi chaqnash qayd etildi. Bu haqda AQSH Okean va atmosfera milliy boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, 14 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 22:00 da Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Yerga eng yaqin yulduzda bunday shiddatli chaqnashlar oxirgi marta 2017 yilda qayd etilgan.

Shuningdek, ushbu kuchli chaqnashdan avval yana 2 ta – soat 10:44 da o‘rtacha M5,8 intensivlikdagi va 16:48 da M2,3 darajali chaqnash kuzatilgan.

Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi esa ushbu hodisaning Yerga ta’sirini o‘rgandi.

“Quyoshdagi portlashning faol bosqichi taxminan 25 daqiqa davom etdi. Natijada Yerning 1 kvadrat kilometrga 100 Vt miqdorda rentgen nurlari yopirildi”, deyiladi akademiya munosabatida.

Ma’lumot uchun, Quyoshdagi bunday faol hodisalar, xususan chaqnash natijasida Yerga tushadigan quyosh plazmasining chiqindilari ko‘pincha magnit bo‘ronlarini keltirib chiqaradi. Bu aloqa va kosmik kemalarning ishlashida nosozliklarga, ob-havodagi o‘zgarishlarga va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadigan odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dekabr oyida bir qancha magnit bo‘ronlari bo‘lishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh Er chaqnash magnit bo'ronlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing