Marokash FIFA'ga shikoyat xati yo‘lladi
Sport
−
16 dekabr 2022
29356Marokash futbol federatsiyasi FIFA'ga Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga qarshi o‘yinni boshqargan hakam ustidan shikoyat qildi. Bu haqda 15 dekabr kuni mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati 1/2 finalida Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvni meksikalik Arturo Ramos boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Marokash futbol federatsiyasi rahbariyatining fikricha, hakam Afrika termasi foydasiga ikkita penaltini belgilamagan.
"Marokash futbol federatsiyasi Marokash-Fransiya jamoasining hakamligiga keskin norozilik bildiradi. Shu maqsadda biz vakolatli organga hakamning Marokash jamoasini ikkita penaltidan mahrum qilgan xatolari bo‘yicha xat yubordik. VAR tizimi bahsli vaziyatda javob bermaganidan hayratdamiz", deyiladi bayonotda.
Marokash terma jamoasi 17 dekabr kuni Xorvatiya terma jamoasi bilan mundialning 3-o‘rni uchun o‘yinda maydonga tushadi. 18 dekabr kuni fransuzlar Jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi bahs olib boradi.
LiveBarchasi